Ijtimoiy ahvoli og‘ir ayollar uchun arzon uy-joylar ajratish tartibi

Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalar uchun arzon uy-joylar qurish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida» 2016-yil 21 oktyabrdagi PQ-2639-son hamda «2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruktsiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2017-yil 23-oktabrdagi PQ-3350-son qarorlari doirasida amalga oshiriladi.
- Nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga ko‘p qavatli arzon uylarning birinchi va ikkinchi qavatlaridan xonadonlar ajratiladi;
- tuman (shahar)larda 0,02 gektarli er uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar hamda ko‘p qavatli uylar qurilishi belgilanmagan bo‘lsa yoki ajratilgan uy-joylar sonidan kam talabgorlar mavjud bo‘lsa, talabgorlar ko‘p bo‘lgan tuman (shahar)larga toifalar bo‘yicha belgilangan taqsimotga, istisno tariqasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli qarori bilan o‘zgartirish kiritiladi.
Arzon uy-joylar qurish dasturi doirasida og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarning ijtimoiy ustuvorligini belgilashning IJTIMOIY MEZONLARI