Xotin-qizlarni kamsitishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida Konventsiya

Xotin-qizlarni kamsitishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida Konventsiya (CEDAW) — 1979-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan xalqaro shartnoma hisoblanadi. Mazkur konventsiya ayollar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro qonun sifatida ta’riflangan bo‘lib, 1981-yil 3-sentabrda tuzilgan va 189 davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan 18.08.1995-yilda ratifikatsiya qilingan.
Ishtirokchi-davlatlar xotin-qizlarning erkaklar bilan tenglik asosida va hech qanday kamsitishsiz xalqaro miqiyosda o‘z hukumatlari nomidan vakillik qilish va xalqaro tashkilotlar ishida qatnashish imkoniyatlarini ta’minlash maqsadida barcha tegishli choralarni ko‘radilar.
Ishtirokchi-davlatlar xotin-qizlarga erkaklar bilan bir xil fuqarolik huquqlarini va ularni amalga oshirishning bir xil imkoniyatlarini beradilar, jumladan, ular mulkni boshqarish va shartnomalarni tuzish vaqtida xotin-qizlarning teng huquqlarini, shuningdek, tribunal va sud muhokamasining barcha bosqichlarida ularga nisbatan teng munosabatni ta’minlaydilar.