Taziyq va zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayollarni himoya orderi olish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-yanvardagi 3-son qarori bilan jabrlangan ayollarga ichki ishlar organlari tomonidan himoya orderi berish, shuningdek, zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga uning nusxasini taqdim etish tartibi belgilandi.
Himoya orderi zo‘rlovchi va jabrlanuvchi o‘rtasidagi aloqani va bir xonada bo‘lishni taqiqlashni nazarda tutadi.
Agar ishni o‘rganish vaqtida jinoyat belgilari aniqlangan taqdirda — himoya orderini berish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish bilan bir vaqtda ish materiallarini jinoiy javobgarlik masalasini hal qilish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga yuboradi.
Himoya orderi 30 kun muddatgacha beriladi va ushbu order rasmiylashtirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.
Himoya orderi amal qilishi davrida xavf bartaraf etilmagan bo‘lsa, himoya orderining amal qilish muddati jabrlanuvchining arizasiga ko‘ra 1 yilgacha muddatga jinoyat ishlari bo‘yicha sud tomonidan uzaytirilishi mumkin.