Xotin-qizlar uchun o‘qishga kirishda qo‘shimcha davlat granti va imtiyozli kreditlar
![]()
Respublika oliy ta’lim muassasalariga ajratilgan qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan iqtidorli xotin-qizlarning tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma beriladi.
Tavsiyanoma shakli bilan havolada tanishing.
- Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan beriladi.
- Xotin-qizlarga tavsiyanoma berish bo‘yicha ishchi guruh tuziladi.
- Ishchi guruhlar talabgorlarning arizalarini har yili 10 iyunga qadar ko‘rib chiqadi va tavsiyanoma berishga tavsiya etilgan xotin-qizlarning ro‘yxatlarini shakllantiradi.
- Ishchi guruhlar yig‘ilishining yakunlari bo‘yicha elektron hujjat shaklidagi bayonnoma tuzilib, ishchi guruhlar rahbarlari va a’zolarining elektron raqamli imzolari bilan imzolanadi.
- Ishchi guruhlar yig‘ilishining yakuniy bayonnomalari asosida tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlarining buyrug‘i elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi.
- Talabgorlarning mobil telefon raqamiga yoki elektron manziliga tavsiyanoma berishga tavsiya etilganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida xabar yuboriladi.
Oliy ta’lim muassasalariga xotin-qizlarning qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etishi uchun sxemasi