Uy-joyga muhtoj xotin-qizlar arzon uy-joylar berish tartibi

Uy-joyga muhtoj xotin-qizlar — og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalar.
Arzon uy-joylar — Dasturlar doirasida qo‘shimcha muhandislik va ijtimoiy infratuzilma bilan kompleks holda qurilgan ko‘p qavatli ko‘p xonadonli (2 va 3 xonali) va maydoni 0,02 gektar bo‘lgan er uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli (2 va 3 xonali) uylar.
Kam ta’minlangan oila — oylik jami daromadi har bir oila a’zosiga belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,06 baravari miqdorigacha to‘g‘ri keladigan oila.
Ariza beruvchi talabgor sifatida yozma tavsiyani olish uchun Komissiya raisiga doimiy yashash joyi bo‘yicha belgilangan shakl bo‘yicha so‘rovnoma-ariza va hujjatlarni taqdim etadi.
- Arizani ko‘rib chiqish va uy-joy sharoitlarini o‘rganish natijalari bo‘yicha Komissiya ariza ko‘rib chiqilgandan so‘ng 1 ish kuni mobaynida ariza beruvchiga keyinchalik injiniring kompaniyasining filiallariga taqdim etish uchun yozma tavsiya beradi.
- Agar yozma tavsiya berish rad etilganda, Komissiya rad etishning aniq sabablarini va ariza beruvchi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddatni ko‘rsatgan holda ariza beruvchiga 1 ish kuni mobaynida yozma shaklda xabarnoma yuboradi.