Normativ-huquqiy hujjatlarning gender-huquqiy ekspertizasi

Gender-huquqiy ekspertiza — normativ-huquqiy hujjatlarni hamda ularning loyihalarini xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash printsiplariga muvofiqligi yuzasidan tahlil qilish.
- Jins bo‘yicha bevosita kamsitish — jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida xotin-qizlar va erkaklarning huquqlari hamda erkinliklarini tan olmaslikka qaratilgan har qanday tarzda farqlash, istisno etish yoki cheklash, shu jumladan oilaviy holati, homiladorligi, oilaviy majburiyatlari tufayli kamsitish, shuningdek, shahvoniy shilqimlik qilish, teng mehnat va malaka uchun har xil haq to‘lash.
Gender-huquqiy ekspertiza Adliya vazirligi tomonidan o‘tkaziladi.