Er-xotinning bir-biriga ta’minot berish majburiyatlari

- Nikohdan ajralgandan keyin sobiq er yoki xotinga to‘lanadigan aliment miqdori va uni to‘lash tartibi sobiq er-xotin o‘rtasidagi kelishuv bilan belgilanishi mumkin.
Er (xotin)ning aliment olish huquqining tugashi
- Er-xotinning bir-biridan ta’minot olish huquqi ta’minot olish uchun asos bo‘lgan shartlar tugagan taqdirda, shuningdek nikohdan ajralgan yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er yoki xotin yangi nikohga kirganda tugaydi.
- Bunday hollarda, agar ta’minot uchun mablag‘ sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilgan bo‘lsa, uni to‘lashi shart bo‘lgan er (xotin) bundan buyon aliment to‘lashdan ozod etish haqidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.