O‘limni qayd etish
O‘limni qayd etish marhumning yashash joyi yoki o‘lim sodir bo‘lgan joydagi FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi.
Fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi sudning hal qiluv qaroriga asosan o‘limni qayd etish mazkur qarorni chiqargan sud joylashgan erdagi FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘limni qayd etish to‘g‘risidagi ariza o‘lim to‘g‘risidagi tibbiy guvohnoma berilgandan keyin 3 kundan kechikmay berilishi kerak.
O‘limni qayd ettirish to‘g‘risida marhumning qarindoshlari va yaqin kishilari, shuningdek tibbiy muassasa ma’muriyati murojaat etishlari mumkin, ular o‘lim to‘g‘risida tibbiy guvohnoma va marhumning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etadilar.
O‘limni FHDYo organlarida qayd etmasdan marhumni dafn qilish taqiqlanadi.
O‘limni qayd etish uchun FHDYo organiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- o‘lim haqidagi tibbiy guvohnoma yoki sudning fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi hal qiluv qarori;
- marhumning pasporti, harbiy bileti, 16 yoshgacha vafot etganlarning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi, 1 yoshga to‘lmagan bola vafot etganda uni onasining pasporti.
O‘limni qayd etishda to‘lov undirilmaydi.
- FHDYo organi rahbariyati qabuliga yozilish uchun qo‘yidagi havola orqali o‘ting.
- O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi konsullik muassasalari bilan tanishish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
Норматив ҳужжатлар
- O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.10.2023-yildagi 550-son
- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyrug‘i. 2547-son. 31.12.2013-y.
- Xorijiy davlat hududida vafot etgan shaxsni O‘zbekiston Respublikasi hududida dafn etishda ko‘maklashish tartibi haqida Nizom