Mehnatga layoqatsizlik varaqasi

Mehnatga layoqatsizlik varaqasi tibbiy muassasa tomonidan (murojaat qilgan yoki davolangan joydagi) vaqtincha mehnatga layoqatsiz shaxsga beriladi.
Xizmat safari yoki mehnat ta’tiliga ko‘ra yashash joyida bo‘lmagan shaxslarga mehnatga layoqatsizlik varaqasi (ma’lumotnomasi) u vaqtincha bo‘lgan joydagi tibbiy muassasada rasmiylashtiriladi.
O‘rindoshlik asosida ishlovchi xodimga uning asosiy ish joyiga beriladigan mehnatga layoqatsizlik varaqasining nusxasi beriladi.
Mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi - shaxsni ishdan (o‘qishdan) ozod qilish uchun asos bo‘ladigan hamda kasallanishning hisobi yuritiladigan hujjat.
Xodim vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo‘lganda, unga ish haqining 60 foizidan 100 foizigacha miqdorda nafaqa to‘lanadi.