Mehnatga haq to‘lash

Ish beruvchi tomonidan xodimning malakasiga, bajaradigan ishining murakkabligiga, miqdoriga, sifati va sharoitlariga qarab to‘lanadigan mehnat uchun mukofot summasi, shuningdek kompensatsiya xususiyatiga ega to‘lovlar (kompensatsiya xususiyatiga ega qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar, shu jumladan normal ish sharoitlaridan chetga chiqadigan sharoitlarda ishlaganlik, noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun shunday qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar hamda kompensatsiya xususiyatiga ega boshqa to‘lovlar) va rag‘batlantiruvchi to‘lovlar (rag‘batlantiruvchi xususiyatga ega qo‘shimcha to‘lovlar hamda ustamalar, mukofotlar va taqdirlovchi to‘lovlar) ish haqidir.
Normal ish sharoitlarida oddiy ishlarni bajarish chog‘ida ish vaqtining normasini to‘liq ishlab bergan xodimning malaka talab etmaydigan mehnati uchun qonunchilikda kafolatlangan, Yagona tarif setkasining birinchi razryadiga muvofiq bo‘lgan oylik ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridir.
- Mehnatga haq to‘lashning tarifli tizimi turli toifadagi xodimlarning ish haqini differentsiyalashning tarifli tizimiga asoslangan mehnatga haq to‘lash tizimidir.
- Tarifli tizim tarif setkasini, tarif stavkalarini (maoshlarni), tarif razryadlarini, tarif koeffitsientlarini o‘z ichiga oladi.
Mehnatga haq to‘lashning tarifsiz tizimi mehnatga haq to‘lashni differentsiyalash usulini ifodalaydi, bunda xodimning mehnatiga haq to‘lash miqdori uning ishining va jamoa ishining oxirgi natijalariga bog‘liq bo‘ladi hamda ushbu xodim ishining natijadorligi bahosini aks ettiradigan, xodimga berilgan koeffitsient asosida belgilanadigan, xodimning butun jamoa tomonidan ishlab topilgan mehnatga haq to‘lash jamg‘armasidagi ulushini ifodalaydi.
Mehnat shartnomasi bekor qilinganda hisob-kitob qilish muddatlari.