Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
2022-yil 1 yanvarga qadar yuridik shaxslar belgilangan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekistonga olib kiriladigan dezinfeksiya uchun jihozlar, texnikalar, ularning ehtiyot qismlari, bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun aloqasiz boshqariladigan (sensorli) jihozlar, shuningdek, hidsiz dezinfeksiyalovchi vositalar uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar va QQS tashqari) ozod etiladi.