Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, budjet, bazaviy infratuzilma va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun tashqi yordam mablag‘larini jalb qilish
Xalqaro moliya institutlari bilan umumiy qiymati 3 mlrd AQSh dollaridan ortiq uzoq muddatli imtiyozli kreditlar va grantlarni jalb qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga tuzildi.
Koronavirus global pandemiyasining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish chora-tadbirlari uchun grantlar va uzoq muddatli imtiyozli moliyalashtirishni jalb qilish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.
Investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish doirasida grantlar va uzoq muddatli imtiyozli moliyalashtirishni jalb qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh a’zolari tasdiqlandi.