Xalqaro va milliy sertifikatlarga erishildi
2025-06-09 11:00:00 / Yangiliklar
Taʼlim tizimidagi yutuqlar
📢 Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari 2024-2025-o‘quv yilida 85 ta xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo‘lishdi.
🎉 355 nafar iqtidorli o‘quvchiga ega bo‘lgan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 9-10-11-sinf o‘quvchilari xalqaro va milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritish bo‘yicha ajoyib natijalarga erishdi:
• 1 ta SAT (Academic)
• 16 ta CEFR (B2 va C1 darajalari)
• 3 ta IELTS (5.5-7.0 ball)
• 65 ta MILLIY (O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari uchun)
✅ Jami 85 ta sertifikat – bu o‘quvchilarning bilim va qobiliyatining yuqori darajasi, shuningdek, ustozlar samarali mehnatining yorqin ko‘rsatkichi!
🌍 Xalqaro sertifikatlar (SAT, IELTS) xorijiy universitetlarda ta’lim olish, global ish bozorida raqobatbardoshlik va OTMlarda til imtihonlaridan ozod qilinish imkoniyatini beradi.
🇺🇿 Milliy sertifikatlar esa respublikamiz oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli ballar uchun muhim ahamiyatga egadir.
