audio

    16+
    Toshkentda O‘zbekiston va Turkmanistan tashqi ishlar vazirlikari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi

    2024-yil 16-aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston va Turkmanistan tashqi ishlar vazirlikari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.

    body_image

    Delegatsiyalarga O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov boshchilik qildi.

    O‘zbekiston va Turkmanistan o‘rtasidagi chuqurlashgan strategik sheriklikni yanada kengaytirish masalalari muzokaralar kun tartibidagi asosiy mavzu bo‘ldi. Ikki mamlakat rahbarlari o‘zaro hamkorlikdagi yuksak ijobiy sur’atni davom ettirish uchun mustahkam poydevor barpo etayitgani ta’kidlandi.  

    Vazirlar O‘zbekiston-Turkmanistan munosabatlarining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘yilgan maqsadli vazifalarni, shuningdek, mintaqaviy kun tartibini ko‘rib chiqdilar.

    • view_icon 114