BAA Hukumat ishlari bo‘yicha vazir o‘rinbosari bilan kelgusidagi hamkorlik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi
2024-01-31 09:10:00 / Yangiliklar
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Birlashgan Arab Amirliklarining Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri o‘rinbosari Abdulla Luta bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda tomonlar mGov Award va “Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihalari doirasida erishilgan muvaffaqiyatlarni alohida qayd etib, kelgusida ham bu kabi loyihalarni kengaytirish hamda ularni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha masalalarga e'tibor qaratdi.
Shu bilan birga, O‘zbekistonda yaratilgan sharoitlar, IT Park tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, soliq imtiyozlari, IT-kompaniyalarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar haqida axborotlar berildi.
O‘z navbatida, yosh malakali kadrlar uchun ish o’rinlari yaratish, sun’iy intellekt sohasida ta’limni rivojlantirish hamda mahalliy IT-mahsulotlarni eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.