audio

    12+
    Xitoyning “Tencent Cloud International” kompaniyasi vakillari bilan kelgusidagi manfaatli hamkorlik masalalari muhokama qilindi

    Xitoyning “Tencent Cloud International” kompaniyasining Biznesni rivojlantirish bo‘yicha vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Shuningdek, “Tencent Cloud International” kompaniyasi vakillari tomonidan mazkur kompaniyaning bugungi kundagi faoliyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

    Jumladan, ushbu kompaniya Xitoyning dunyoga taniqli yirik kompaniyalaridan biri ekanligi va uning xizmatlaridan faqatgina Xitoyda emas, balki butun dunyoda foylanilishi, uning dunyo bo‘ylab vakolatxonalari va yashil energetika asosida qurilgan ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlari mavjudligi aytib o‘tildi.

    Shu bilan birga, kompaniya o‘zining mustahkam ma’lumotlar markazi infratuzilmalaridan foydalangan holda, keng qamrovli bulutli xizmatlar, katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish imkoniyati, sun’iy intellekt, buyumlar Interneti, xavfsizlik va boshqa ilg‘or texnologiyalarni “aqlli shahar” yechimlari bilan birlashtirilayotganligi ta’kidlandi.

    Sun’iy intellekt yo‘nalishida hozirgi kunda kompaniya bir qator ilg‘or xizmatlar ko‘rsatishga o‘tgani, jumladan moliya, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sanoat, transport, energetika yo‘nalishlarida o‘zining yaxlit dasturiy yechimlari mavjudligi va ushbu yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatayotganligi ta’kidlab o‘tildi.

    Ma’lumot uchun: “Tencent Holdings Ltd.” Tencent kompaniyasi 1998 yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning Bosh ofisi Xitoyning Shenchjen shahrida joylashgan. Tencent kompaniyasi dunyodagi eng yuqori daromad keltiruvchi, multimedia, video o‘yinlar, ijtimoiy tarmoqlar, musiqa, veb-portallar, elektron tijorat, internet xizmatlari, to‘lov tizimlari, smartfonlar yirik kompaniyalardan hisoblanadi.

    • view_icon 78