Agrar sohadagi hamkorlikning yangi bosqichlari
2023-12-15 10:35:00 / Yangiliklar
Unda, “Better Cotton Initiative” kompaniyasining global paxta ishlab chiqarish, paxta sanoatini rivojlantirish sohasidagi tajribasini O‘zbekistonda tatbiq etish va mazkur sohada ikki tomonlama hamkorlikni o‘rnatish va kelgusida ilmiy tadqiqot institutlari olimlarining malaka oshirishi bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Aytish kerakki, “Better Cotton Initiative” xalqaro uyushmasi 2009-yilda tashkil etilgan bo‘lib, dunyoning 22 davlatida, jumladan, O‘zbekistonda faoliyat yuritib, dunyo bo‘ylab 2,8 milliondan ortiq fermerlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. “Better Cotton Initiative” xalqaro uyushmasi 2023-yil 30-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan.
Maʼlumot o‘rnida, kompaniyaning Yevropa, Afrika, Osiyo va Yaqin Sharqda 5 ta vakolatxona va filiallari mavjud bo'lib, sog‘liqni saqlash, resurslarni tejash va huquqiy xizmatlar bo‘yicha turli tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.
Muzokaralar natijasida tomonlar samarali va konstruktiv hamkorlikning amaliy jihatlarini kelishib olishdi. Bu esa, respublikamizda agrar sohada ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish, paxta sanoatini yanada rivojlanishida tub burilish yasalishiga turtki bo‘ladi, albatta.