audio

    16+
    Raqamlashtirish vaziri Ozarbayjonda “InMerge” innovatsion sammiti ochilish marosimida ishtirok etdi

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Ozarbayjonda “InMerge” innovatsion sammitining ochilish marosimida hamda “Innovatsiyalar ekotizlarini bog‘lash: o‘sish uchun mintaqaviy hamkorlik” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etdi.

    Tadbir ochilishida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti yordamchisi-iqtisodiyot va innovatsiyalar masalalari bo‘yicha departament rahbari Shaxmar Movsumov, Raqamli rivojlanish va transport vaziri Rashad Nabiyev, Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari Elnur Aliyev, Apple kompaniyasi (AQSH) hamasoschisi Stiv Voznyak, “PASHA holding” rahbari Jalal Gasimov va boshqa nufuzli mehmonlar nutq bilan qatnashdi.

    Ozarbayjon Respublikasi rasmiy vakillari o‘z chiqishlarida ushbu mamlakatda raqamlashtirish, innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalarning rivojlanish holati va istiqbollari bo‘yicha ma’lumot berdi.

    Shu bilan birga, Apple kompaniyasi hamasoschisi Stiv Voznyak o‘z chiqishida Apple kompaniyasining tashkil etilishi tarixi va rivojlanishi bo‘yicha axborot berib, innovatsiya va AKT texnologiyalarni rivojlantirishda muhandislar va dasturchilarni tayyorlashga katta e’tibor qaratishga chaqirdi.

    Shu bilan birga, “Innovatsiyalar ekotizlarini bog‘lash: o‘sish uchun mintaqaviy hamkorlik” mavzusidagi davra suhbatida Sh. Shermatov O‘zbekistonda AKT sohasining rivojlanish istiqbollari va strategiyasi bo‘yicha nutq so‘zladi.

    • view_icon 262