Buyuk ipak yoʻli maxsus sanoat texnoparki qurilishi jarayonlari boshlandi
2025-02-14 11:20:00 / Yangiliklar

U yerda elektrotexnika, toʻqimachilik, qurilish materiallari, farmatsevtika kabi yoʻnalishlarda 100 ga yaqin korxona joylashtiriladi. 12 ming nafardan ziyod yangi ish oʻrinlari yaratilishi, yilliga oʻrtacha 120 million dollar eksport, 80 million dollarlik import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish koʻzda tutilgan.
Loyihani qurilish ishlari ikki bosqichda amalga oshiriladi. Joriy yilning yanvar oyidan hududda 2 qavatli koʻrgazma markazi, 3 qavatli ofis, logistika markazi, kichik muzlatgich, transformator ishlab chiqarish binolari 13 gektar yer maydonida qurilish ishlari boshlangan.
Kuni kecha Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev mazkur manzilda boʻlib, hududda olib borilishi belgilangan ishlarni oʻrgandi. Shuningdek, maxsus sanoat zonasining bosh rejasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan toʻliq taminlash boʻyicha topshiriqlar berildi.