audio

    16+
    SSV: Rossiyaning N.A.Semashko nomidagi jamoat salomatligi instituti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

    Sog‘liqni saqlash vazirligida Rossiya Federatsiyasining N.A.Semashko nomidagi jamoat salomatligi ilmiy-tadqiqot milliy instituti direktori Aleksandr Zudin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Unda Sog‘liqni saqlash vaziri A. Inoyatov videokonferens aloqa orqali ishtirok etdi.

    Ta’kidlash joizki, rossiyalik mashhur shifokor, sog‘liqni saqlash tashkilotchisi Nikolay Semashko tomonidan yaratilgan tizimning samaradorligi jahon miqyosida tan olingan. Undan dunyoning ko‘plab mamlakatlari o‘z milliy sog‘liqni saqlash modelini shakllantirishda asos sifatida foydalangan.

    Sog‘liqni saqlash tizimi boshqaruvini markazlashtirish, tibbiyotni xalqqa yaqinlashtirish, onalar va bolalar salomatligi, profilaktika, kasalliklarni erta aniqlash, davolashning yangi usullarini joriy etish, aholini bepul tibbiy xizmatlar bilan qamrab olish ushbu tizimning asosiy tamoyillardan hisoblanadi.

    Mamlakatimizda aynan bu borada keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda.

    Uchrashuvda N.A.Semashko nomidagi jamoat salomatligi ilmiy-tadqiqot milliy instituti bilan yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

    • view_icon 281