audio

    16+
    Ozarbayjonning Basgal shahrida Turkiy davlatlar Yoshlar va sport vazirlarining 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

    Mazkur tadbirda Yoshlar siyosati va sport vaziri Adkham Ikramov ham ishtirok etib, mamlakatimizda yoshlar va sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar bo‘yicha ma'lumot berib o'tdi.

    Ta'kidlash kerak, Turkiy davlatlar Yoshlar va sport vazirlarining 7-yig‘ilishida yosh tadbirkorlar forumi, yoshlar platformasi, xalqaro yoshlar festivali, xalqaro yoshlar lageri, yosh liderlar forumi, kabi bir qator nufuzli tadbirlar tashkil qilish, qolaversa Turkiy ijodkor yoshlarni ragʻbatlantirish markaziga asos solish, sportning bir necha yo'nalishlarida  mustahkam hamkorlikni yo'lga qo'yish kabi  masalalar muhokama qilinmoqda.

    • view_icon 475