O‘zbekiston-Belarus delegatsiyalarining uchrashuvi
2023-10-25 22:15:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi mamlakatimiz hukumati delegatsiyasi mazkur yig‘ilishlarda ishtirok etadi.
Mamlakatimiz hukumati delegatsiyasining Bishkek shahriga tashrifi doirasida 25-oktyabr kuni “Ala-Archa” qarorgohida Belarus Respublikasi Bosh vaziri Roman Golovchenko bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazildi.
Ta’kidlanganidek, ko‘p qirrali aloqalar do‘stlik va sheriklik ruhida izchil rivojlanib bormoqda.
Bunda Davlatlarimiz rahbarlari o‘rtasidagi ochiq va ishonchli muloqot muhim omil bo‘lmoqda.
Uchrashuvda O‘zbekiston tomoni ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning o‘ninchi yig‘ilishini va ikkinchi mintaqalararo forumini yil oxirigacha Toshkentda o‘tkazish taklif qilindi.
O‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari o‘smoqda, o‘tgan yilda uning xajmi 42 foizga o‘sdi.
Oliy darajadagi muzokaralar davomida hukumatlar zimmasiga yaqin yillarda tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yilgan.
Uchrashuvda savdo-sotiq va korxonalarimiz o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, qishloq xo‘jaligi va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha birgalikdagi say-harakatlar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.