audio

    16+
    YeTTB vakili bilan telekommunikatsiya va IT-sektorlarida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar xususida gaplashildi

    23-oktabr kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Sanoat, savdo va agrobiznes bo‘yicha boshqaruvchi direktor Jan-Mark Petershmit hamda YeTTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Andi Aranitasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuvda dastlab, vazir Sh. Shermatov mamlakatda raqamlashtirish, telekommunikatsiya, aholini yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumotlar berib o‘tdi. 

    Shuningdek, O‘zbekistonda telekommunikatsiya va IT-sektorlarida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan islohotlar mobil hamda keng polosali internetni rivojlantirish borasida qilinayotgan ishlar xususida gaplashildi. 

    Bundan tashqari, xususiylashtirish tashabbuslari va raqamlashtirishga qaratilgan sa'y-harakatlar, telekommunikatsiya sohasidagi dolzarb masalalar, YeTTBning O‘zbekistonda raqamlashtirish yo‘nalishda kelgusidagi qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari muhokama qilindi. 

    Shu bilan birga, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakili Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelgusida birgalikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan mamnunligini bildirdi.

    • view_icon 354