Bishkekda iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirish uchun barvaqt ogohlantirish tizimlari muhokama qilindi
2023-09-22 10:20:00 / Yangiliklar
"Yaqinda qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida alohida bo‘lim suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari va vazifalariga alohida e'tibor qaratilgan. Shuningdek, erta ogohlantirish darajasini, xavf prognozlarining ishonchliligini va agrometeorologik prognozlarning ishonchliligini maksimal qiymatlarga yetkazish rejalashtirilgan, — dedi Qadamboy Saytov. — Ushbu muammolarni hal etishning eng samarali yo‘li mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish va birgalikda harakat qilishdir".
Ta’kidlash joizki, muloqot davomida mintaqada iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirishning asosiy omili sifatida erta ogohlantirish tizimlariga alohida e’tibor qaratiladi.
Ma’lumot uchun, iqlim o‘zgarishi kontekstida erta ogohlantirish tizimlari barqarorlikni oshirish, zaiflikni kamaytirish va xavfli iqlim hodisalarining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini minimallashtirish uchun muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Tadbirda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining “Hamma uchun erta ogohlantirish” tashabbusi alohida ta’kidlandi, unda 2027-yilgacha Yer yuzidagi har bir insonning barvaqt ogohlantirish tizimlari bilan himoyalanishini ta’minlash majburiyati ko‘zda tutilgan.
Muloqotda mintaqaviy o‘zgarishlar va iqlim beqarorligi xavfi haqida xabardorlikni oshirish ham muhokama qilindi.