Vengriya delegatsiyaning tashrifi
2024-10-15 10:10:00 / Yangiliklar
Delegatsiya tarkibida Vengriyaning Obuda universiteti rektori, Prof. Dr. Kovács Levente boshchiligidagi universitet jamoasi ham bor bo'lib, dastavval Toshkent kimyo-texnologiya institutiga tashrif buyurishdi. Shundan so'ng institut rektori B.Sh.Usmonov hamda Vengriyadan tashrif buyurgan delegatsiya Jizzax viloyatiga jo'nab ketishdi.
2024-yilning 11-oktabr sanasida Jizzax viloyati hokimligida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev, Turin politexnika universiteti rektori Olimjon Toʻychiyev, Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Botir Usmonov va Vengriya davlat kotibining innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari Bódis László boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Oʻz oʻrnida Vengriya delagatsiyasi rahbari Bódis László qabul uchun viloyat hokimiga minnatdorchilik bildirib, ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni yuqori baholadi. Jizzax viloyati hokimligi hamda Vengriyaning Obuda universiteti oʻrtasida yuqori texnologiyalar sohasida qoʻshimcha innovatsion loyihalarni amalga oshirish boʻyicha ikki tomonlama muzokaralar, taqdimotlar boʻlib oʻtdi.
Vengriyaning Obuda universiteti rektori, Prof. Dr. Kovács Levente innovatsiya va ilm-fanda erishilgan yutuqlar va bu yoʻnalishda Vengriya tajribasini ommalashtirish, Jizzax viloyatidagi qator loyihalarni qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanligi taʼkidlab oʻtdi.
Viloyat hokimligi hamrohligida Vengriyadan tashrif buyurgan mehmonlar Jizzax erkin iqtisodiy zonasidagi yirik ishlab chiqarish zavodlari BYD Uzbekistan Factory avtobomil zavodi va “Deya” brendi ostida mahsulot ishlab chiqarayotgan qandolat fabrikasi faoliyati bilan tanishdilar.
Tashrif davomida mehmonlar Jizzax shahridagi Kibersport arenasi, “Inno” innovatsion oʻquv ishlab chiqarish texnoparki hamda “Yangi Oʻzbekiston” massivini koʻzdan kechirishdi.
Vengriyaning Obuda universiteti rektori professor Dr.Habil Levente Kovach boshchiligidagi delegatsiya Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida xorijlik delegatsiya filialning o'quv binolarini ko'zdan kechirib, texnoparklar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.