IATA O‘zbekiston aviatsiya sektorini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi
2024-10-04 17:15:00 / Yangiliklar
Muzokaralarda IATA tomonidan O‘zbekiston aviatsiya sektorini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashning muhim yo‘nalishlari muhokama etildi.
R.Shvartsmаn so‘nggi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotining o‘sish sur’atlarini yuqori baholab, ushbu jarayonda transport infratuzilmasi kabi ijtimoiy ahamiyatga ega tarmoqni yanada rivojlantirish zarurligini ta’kidladi.
O‘z navbatida I.Maxkamov aholi mobilligini oshirish, hududlarning o‘zaro bog‘liqligini rivojlantirish va turizm salohiyatini oshirishning asosiy omillaridan biri sifatida fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish muhimligini qayd etib o‘tdi.
Uchrashuvda yakunida tomonlar aviatsiya transportini rivojlantirishning qo‘shma strategik rejasini ishlab chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.