Jahon banki delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-09-13 11:00:00 / Yangiliklar
Uchrashuvda joriy va keyingi yillardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, Tatyana Proskuryakova yangi muqobil moliyalashtirish instrumentlari haqida maʼlumot berib, ularning salohiyati va Oʻzbekistonda qoʻllash imkoniyatlarini koʻrib chiqishni taklif qildi. Bundan tashqari, suv-energetika sohasida hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, tomonlar hududlar rivojlanishiga hissa qo‘shadigan innovatsion moliyalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish masalalariga to‘xtaldi.
Muhokamalar doirasida Jahon banki bilan hamkorlikning sezilarli muvaffaqiyatlari qayd etilib, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar soni ko‘paygani va sifati yaxshilangani ta'kidlandi.
Uchrashuv yakunida tomonlar umumiy maqsadlarga erishish hamda strategik sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan faol muloqot va samarali hamkorlikni davom ettirishga ishonch bildirdi.