O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi hamkorligining agrar sohani rivojlantirishdagi ahamiyati
2024-09-05 17:55:00 / Yangiliklar
Unda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi agrohamkorlikning joriy holati hamda istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Yanush Voytsexovskiy so‘nggi yillarda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarni e’tirof etar ekan, Yevropa Ittifoqi mamlakatimiz bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
O‘z o‘rnida Jamshid Xodjayev Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining AKIS xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha mavjud boy tajribasini o‘rganish hamda EIP-AGRI tashabbusi bilan yaratilgan Yevropa innovatsion hamkorligi doirasidagi “Smart AKIS” dasturida ishtirok etish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirar ekan, o‘zbekistonlik qishloq xo‘jaligi tadqiqotchilarining Yevropadagi ilmiy va ta’lim markazlarida tajriba almashish bo‘yicha o‘zaro manfaatli fikrlarini o‘rtaga tashladi.
Shuningdek, uchrashuvda tomonlar mamlakatimiz agrar tarmog‘ida sezilarli yutuqlarga erishilgani, paxta va g‘alla yetishtirish bo‘yicha davlat buyurtmasidan voz kechilgani, 1 mln gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etilgani, oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanish strategiyasi ishlab chiqilgani hamda qishloq xo‘jaligini iqlim o‘zgarishiga moslashtirish bo‘yicha Milliy dasturi qabul qilinganini e’tirof etishib, kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fikr almashishdi.
Uchrashuv so‘ngida tomonlar O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishida Yevropa tajribasining ahamiyati, keyingi 4 yil davomida bu bo‘yicha hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar haqida ham so‘z yuritishdi.