Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 57-yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2024-05-13 11:15:00 / Yangiliklar
“Kelajak sari ko‘prik” umumiy shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi.
Tadbir doirasida investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari Xurram Teshabayev va OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha Bosh direktori Yevgeniy Jukov umumiy qiymati 3,5 milliard AQSH dollarlik 2025-2027 yillarga moʻljallangan dasturni amalga oshirish boʻyicha Memorandumni imzoladilar.
Dasturda har ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lgan va “O‘zbekiston – 2030” Strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq bo‘lgan loyihalar o‘rin olgan.
Oʻzbekiston 1995-yilda OTBga aʼzo boʻldi. 1998-yilda OTBning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi ochildi. OTB tomonidan Oʻzbekiston suveren portfeliga taqdim etgan mablagʻlarning umumiy hajmi 12 milliard dollarga yetdi. O‘tgan yili OTB 4 ta suveren loyiha va 2 ta dasturga 6 ta kredit va 1 ta grant ajratdi.