Xalqaro valyuta jamg‘armasi missiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv
2024-05-06 09:10:00 / Yangiliklar
Muloqotda Xalqaro valyuta jamg‘armasi missiyasi rahbari Abdih Yaser O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida barcha sohalarda islohotlar amalga oshayotganini qayd etib, ushbu o‘zgarishlar natijasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishlarida ham juda katta oldinga siljish kuzatilayotganini ta’kidladi.
Xususan, Abdih Yaser respublikada kambag‘allikni qisqartirish ko‘rsatkichi 2023-yil boshidagi 14,1% dan 2024-yil boshiga kelib 11% tushgani, ishsizlik darajasi esa 2023-yil boshidagi 8,9% dan 2024-yil boshiga kelib 6,8% ga kamaygani Xalqaro valyuta jamg‘armasi missiyasi tomonidan ham e’tirofga loyiq, dedi.
Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston mehnat bozoridagi so‘nggi tendensiyalar, ish haqining o‘sish dinamikasi, norasmiy bandlikni kamaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, mehnat bozoridagi gender tenglik masalalari haqida fikr almashilib, ayni mavzulardagi hamkorlikni “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini hayotga tadbiq qilish doirasida ham davom ettirishga kelishib olindi.
Samimiy o‘tgan uchrashuvda delegatsiya a’zolari o‘zlarini qiziqtirgan boshqa bir qator savollarga ham javoblar olishdi.