Asosiy kontentga o'tish

Psixologik o‘rganish test sinovlari elektron formatda bo‘lib o‘tmoqda

2025-04-01 19:35:00 / Yangiliklar

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishni maqsad qilgan Toshkent shahridagi nomzodlar uchun psixologik o‘rganish test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Nomzodlarni psixologik o‘rganishga mo‘ljallangan test metodikasi Mudofaa vazirligi Harbiy kasbiy saralash boshqarmasi mutaxassislari tomonidan elektron shaklda ishlab chiqilib, topshiriqlarni murakkablik darajasi  va har bir savolga to‘g‘ri javob topish bo‘yicha muvaffaqiyatlilik indeksi aprobatsiya natijalariga ko‘ra psixometrik mezonlar talablariga muvofiq amalga oshirilmoqda.

E’tiborlisi, nomzodlarni psixologik o‘rganish test sinovlari ilk marotaba zamonaviy raqamli texnoligiyalar yordamida elektron formatda amalga oshirildi.

Psixologik test sinovlari jarayonida klassik, ya’ni qog‘oz-qalam ko‘rinishidan voz kechildi. Bungacha bo‘lgan davrda trafaretli javoblar varaqasi va kalitlar asosida test natijalari qayta hisoblab chiqilar va nomzod yoshlar o‘zlari bajargan test sinovlari javoblarini bir necha soatda va hattoki, bir necha kun o‘tgandan keyingina ko‘rishlari mumkin edi. Bunda inson omilini cheklash ehtimoli deyarli mavjud bo‘lmagan.

Endilikda har bir nomzod vazifalarni bajarib bo‘lgan zahoti o‘z natijalarini monitorda ko‘rishi mumkin bo‘ldi. Bu amaliyot ishitokchilarning vaqtini tejash bilan birga, tizimda ochiqlik va shaffoflik prinsiplarini joriy qilib, korrupsiyaviy holatlarni oldini oladi, albatta.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu amaliyot Mudofaa vazirligi va Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi o‘rtasida imzolangan hamkorik memorandumiga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departament

669

Oxirgi yangilanish: 2025-04-02 11:35:49

Psixologik o‘rganish test sinovlari elektron formatda bo‘lib o‘tmoqda