Farg‘onada “Jasorat maktabi” yig‘inining navbatdagi mavsumiga start berildi
2025-02-19 16:30:00 / Yangiliklar

Ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar, yurtimizda yoshlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar va keng ko‘lamli imkoniyatlar haqida fikr bildirishdi. Xususan, Vatanga sadoqat – bu har bir yoshning qalbida mustahkam o‘rnashishi kerak bo‘lgan tuyg‘uligi, ushbu yig‘in ertamiz egalarini nafaqat jismonan, balki ruhan ham chiniqtirishi, yoshlarimiz bu yerda harbiy intizomni, jamoaviy ishlashni o‘rganib, yig‘in yakunida haqiqiy vatanparvar bo‘lib tarbiyalanishini ta’kidlandi.
Ma’lumot o‘rnida yig‘in 10 kun davom etadi. Ushbu vaqt davomida ishtirokchilari bilan harbiy qismda harbiy tayyorgarlik, ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, IT-texnologiyalari, tadbirkorlik hamda kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha mashg‘ulotlar hamda turli sport o‘yinlari va ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati