Mudofaa vazirligi markaziy apparatida ikki buyuk siymoga ehtirom ko‘rsatildi
2025-02-14 19:50:00 / Yangiliklar

Ma’naviy tadbirda O‘zbekiston xalq shoiri, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi Iqbol Mirzo, O‘zbekiston xalq yozuvchilari Muhammad-Ali Ahmedov hamda Isajon Sultonovlar ishtirok etishdi. Ularning barchasi o‘z ma’ruzalarini taqdim etarkan, Navoiy va Boburning ma’naviy merosi, ularning adabiy osori va o‘sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy holatga oid qiziqarli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.
Ma’ruzachilar Navoiyning “Hikmatlar” va “Xamsa”, shuningdek, Boburning “Boburnoma” va boshqa muhim asarlari haqida so‘zlab, ularning ta’lim va tarbiyaga qaratilgan ahamiyatiga e’tibor qaratdi.
Kechada Qurolli Kuchlar ashula va raqs ansambli xonandalari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar va san’at namunalari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir davomida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning adabiyotlariga mansub kitoblardan tashkil topgan ko‘rgazma hamda kitoblar yarmarkasi tashkil etildi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti