Surxondaryo ahli ham “Amir Temur jangovar bayrog‘i” ni ko‘tarinkilik bilan qarshi oldi
2025-01-30 18:05:00 / Yangiliklar
Oldin jangovar bayroq harbiylar tomonidan Qashqadaryo va Buxoro viloyatlariga olib borilgani haqida xabar berilgan edi. Sohibqironning jangovar bayrog‘ini navbatdagi manzili Surxondaryo viloyati bo‘ldi.
Termiz shahri markazida joylashgan san’at va madaniyat saroyida bayroq taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Viloyat hokimligi, okrug qo‘mondonligi, barcha kuch tuzilma rahbarlari, faxriylar, nuroniylar davlat va jamoat tashkiloti vakillari hamda ko‘plab yoshlar bilan o‘tgan tadbirda jangovar bayroq haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Teatr ijodkorlari tomonidan tayyorlanib mohirona ijro etilgan Amir Temur hayotidan parcha yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Harbiy orkestr hamda viloyatning taniqli san'atkorlari ijrosidagi vatanni, tinchlikni tarannum etuvchi kuy-qo'shiqlar, dilbar raqslar barchaga yuqori kayfiyat ulashdi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati