Surxondaryoda “Oʻzbekiston – ilm-maʼrifat oʻchogʻi, ziyo markazi boʻlgan qutlugʻ zamin” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi
2025-01-20 18:15:00 / Yangiliklar
Tadbirda Surxondaryo viloyati Maʼnaviyat maʼrifat markazi, Yoshlar ittifoqi viloyat boshqarmasi vakillari, Termiz Davlat universiteti professor oʻqituvchilari, turli xil tanlovlarda yuqori natijalarga erishgan yoshlar, faxriylar hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.
Unda so‘z olganlar birinchi uygʻonish davri allomalari, ikkinchi sharq renessansi va Temuriylar davrida amalga oshirilgan ishlar hamda uchinchi renessans poydevorini yaratish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning ahamiyati, mazmun-mohiyatini tushuntirib berishdi.
Shundan soʻng Termiz, Kakaydi va Xayrabod garnizonlari harbiy xizmatchilarining buyuk bobokalonlarimizni hayoti va ijodini aks ettiruvchi sahna koʻrinishlarini namoyish etildi.
III darajali serjant Akbar AHMEDOV,
Termiz garnizoni