Qurolli Kuchlar akademiyasida “Harbiy qismda bir kunim” loyihasi o‘tkazildi
2024-12-19 13:00:00 / Yangiliklar
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida Toshkent shahridagi 22- va 30-son Mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilari uchun “Harbiy qismda bir kunim” tadbiri tashkil etildi.
Bunda yoshlar kursantlarga yaratilgan sharoitlar va o‘quv xonalarida olib borayotgan mashg‘ulotlarni kuzatib, otish tayyorgarligi hamda boshqa fanlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi.
Tadbir doirasida mudofaa vaziri oʻrinbosari hamda akademiya boshligʻi ishtirokida uchrashuv tashkil etilib, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan Vatanni sevish va ardoqlash, harbiy xizmatga nisbatan faxr va iftixor tuyg‘ularini oshirish hamda kelajakdagi maqsadlarini ro‘yobga chiqarish boʻyicha suhbat oʻtkazildi.
Uchrashuvdan so‘ng yoshlar akademiya kursantlarining oziq-ovqat ta’minoti bilan ham yaqindan tanishishdi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiylar departamenti