Qo‘shinlarda shaxsiy tarkib bilan psixologik ishlarni tashkillashtirish
2024-11-21 19:10:00 / Yangiliklar
Unda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston psixologlar assotsiatsiyasi boshqaruv vakillari, Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari va bir qator malakali psixologlar ishtirok etdi.
Video konferens aloqasi shaklida tashkil etilgan tadbirda so‘zga chiqqanlar shaxsiy tarkibni harbiy - professional tayyorgarligini oshirish va jamolarning jipsligi hamda oila psixologiyasi haqida ma’ruzalar qilishdi. Murakkab xizmat faoliyatida uchrashi mumkin bo‘lgan har qanday stress va ekstrimal vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila olish bo‘yicha kerakli ma’lumotlar berishdi.
Tadbirda harbiy hizmatchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha murojaat qilib, soha mutaxassislaridan batafsil javob oldilar. Tadbirning yakuniy qismida tashrif buyurgan mehmonlarga qo‘mondonlikning tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti