Jizzaxda harbiylashtirilgan maktab o‘quvchilariga “Vatan tayanchi” ko‘krak nishonlari topshirildi
2024-11-11 17:20:00 / Yangiliklar
Bu yurtimizda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining mutlaqo yangicha yoʻnalishi, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning tizimli shakli hisoblanadi. Quvonarlisi, bugungi kunga kelib harakatning a’zolari soni 300 ming nafardan ortdi.
Ana shunday yoshlar safini kengaytirish maqsadida Jizzax viloyatidagi “Temuriy izdoshlari” nodavlat ta’lim muassasasining Jizzax shahridagi, Zomin tumanidagi, Samarqand va Toshkent viloyatlaridagi filallarida tahsil olayotgan oʻquvchilariga “Vatan tayanchi” harakatining koʻkrak nishonlari topshirildi.
Tadbirda Jizzax viloyat Mudofaa ishlar boshqarmasi, garnizondagi harbiy xizmatchilar hamda oʻquvchilarning ota-onalari ishtirok etishdi.
Tantanali marosimda ko‘krak nishonlarini qo‘liga olgan yoshlar so‘zga chiqib o‘zlariga berilayotgan ushbu imkoniyatdan unumli foydalanib, kelajakda yurtimizning munosib farzandlari boʻlishga va ravnaqi yo‘lida hissa qo‘shishga va’da berdi.
Tadbir davomida yoshlar qalbida ona Vatanga mehr va sadoqat, adolat tuyg‘usini har tomonlama kuchaytirish maqsadida harbiy xizmatchilar hamda teatr ijodkorlari tomonidan turli sahna ko‘rinishlari, harbiy orkestr jamoalarining kuy-qo‘shiqlari ijro etildi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati