Toshkentda aralash jang sanʼati turlari (MMA) boʻyicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda
2024-11-06 14:05:00 / Yangiliklar
Musobaqani sifatli tashkil etish tadbirlari Xalqaro aralash jang san’atlari federatsiyasi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Sport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi, shunindek, Qurolli Kuchlarimiz tarkibidagi kuch tuzilmalar hamkorligida amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistonda birinchi bor tashkil etilayotgan musobaqada 70 ga yaqin davlatdan tashrif buyurgan 800 nafarga yaqin sportchilar jang qilishmoqda. Kecha, 5-noyabr kuni barcha vazn toifalarida saralash bahslari yakunlandi.
Ayni vaqtda eng kuchli jangchilar ishtirok etayotgan chempionatning ikkinchi kun shiddatli bahslari davom etmoqda. Tashkilotchilar tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, bugun Oʻzbekiston terma jamoasining umumiy hisobda 33 nafar aʼzosi aktagonga ko‘tariladi. Ta'kidlash kerakki, terma jamoamiz safida 15 nafar Mudofaa vazirligi sport markazi sportchisi ham bahslarda ishtirok etmoqda.
Ma’lumot uchun, “Humo arena” mezbonlik qilayotgan chempionatning rasmiy ochilish marosimi, shuningdek, final bahslari 9-noyabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti