“Inno” innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparki bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
2024-10-31 10:45:00 / Yangiliklar
Mazkur memorandumga harbiy sohadagi loyihalar, harbiy muhandislik, IT-dasturlash hamda raqamli texnologiyalar va robototexnika sohasida, shuningdek, Oʻzbekistonda IT-dasturlash va mamlakatimizning mudofaa salohiyatini yuksaltirishga hissa qoʻshadigan taʼlim sohasi yo‘lida olib boriladigan hamkorlik masalalari kiritilgan.
Imzolangan memorandum harbiy muhandislik, harbiy texnikalarni modernizatsiya qilish, yangi tipdagi zamonaviy qurol-aslaha modellarini yaratish sohasini rivojlantirish yo‘lida xizmat qiladi.
Shuningdek, tadbir davomida Mudofaa vazirligiga “Buyuk sarkardalar: Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi” nomli kitobni nashrga tayyorlashda yaqindan yordam bergan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori hamda mas’ul xodimlariga tashakkurnomalar taqdim etdi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti