Mudofaa vazirligi jamoasi Koreyada oʻtkazilgan xalqaro musobaqaning mutlaq gʻolibiga aylandi
2024-09-14 16:30:00 / Yangiliklar
Ochilish marosimiga raislik qilgan Koreya Respublikasi Qurolli Kuchlar Bosh shtab boshlig‘i Pak An-So: “Mazkur bellashuv harbiy hamkorlikni mustahkamlash uchun qimmatli poydevorga aylanadi”, deya fikr bildirdi.
Musobaqada har bir jamoa tasodifiy qur’a tashlash orqali bellashuvga kirishdi. Har bir jamoa operativ rejani ishlab chiqish va milliy kelishuv bo‘yicha majburiyatlarni bajarish, bu orqali bo‘linmalarning qo‘shma operatsiyalari uchun zarur bo‘ladigan ko‘nikma va tajriba oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
Baholash jarayoni ishtirokchi guruhlar shartlar to‘liq bajarilgani, “omon qolish” darajasi, jangovar harakatlar qoidalariga rioya qilingani, jangovar harakatlar taktik vaziyatga mos kelishini har tomonlama tahlil qilish natijalarini xabardor qilish orqali o‘tkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi mazkur Xalqaro ilmiy-jangovar tayyorgarlik musobaqasida ikkinchi bor ham ishtirok etib, eng yuqori natijani qayd etdi. O‘tgan yilgi ham o‘zbekistonlik harbiylardan iborat jamoa peshqadamlikni qo‘ldan boy bermagan edi.
Bugun, 14-sentyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida g‘olib harbiylarimizni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti