Ochiq osmon ostida – Orol bo‘yida yangrayotgan musiqalar!
2025-05-30 18:10:00 / Yangiliklar
#Stihia_2025 va #Stixiya_Gen_Music loyihasi doirasida Mo‘ynoq yana bir bor o‘zining madaniy uyg‘onish markaziga aylanganini isbotlamoqda.

Mo‘ynoq tumanidagi tarixiy ochiq osmon ostidagi kemalar muzeyi sahnaga aylanishi – bu nafaqat san’at, balki o‘tmish va kelajakning kuchli musiqiy uyg‘unligi!
Elektron musiqa, xalq qo‘shiqlari, improvizatsiya va milliy cholg‘ular birlashib, "Dengiz qo‘shig‘i" nomli noyob sahna asarini yaratdi. Bu musiqiy eksperiment – Mo‘ynoq 2-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining yosh iste’dodlari va DJlar hamkorligida yuzaga keldi.
Mo‘ynoq bugun xalqaro madaniyatlar chorrahasi sifatida ham porlamoqda. Yosh avlod – o‘z ildizlaridan kuch olib, dunyo sahnalariga dadil qadam qo‘ymoqda.
Bu endi boshlanishi. Madaniyat bilan dengiz ruhini uyg‘otamiz!
