Mudofaa vazirligi bilan Transport vazirligi oʻrtasida hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan memorandum imzolandi
2025-03-28 17:00:00 / Yangiliklar

Mudofaa vaziri general-mayor Shuxrat Xalmuxamedov hamda transport vaziri Ilhom Mahkamov ishtirokidagi uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash, soha yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirish borasida bir qator kelishuvlarga erishildi.
Jumladan, tomonlar Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini oʻz vaqtida taʼminlash, havo, temir yoʻl va avtomobil transportlarida qoʻshinlarni tashishning ustuvor vazifalarini amalga oshirishda oʻzaro hamkorlik qiladi.
Shuningdek, vazirliklar oliy va o‘rta maxsus ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari oʻrtasida bevosita aloqa oʻrnatishda, birgalikdagi ilmiy konferensiyalar, simpoziumlar hamda ilmiy forumlarni amalga oshirishda, ilmiy anjumanlar tashkillashtirishda bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi.
Tomonlar boshqa sohalarda ham oʻzaro samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyadilar.