E’lon
2025-03-07 20:20:00 / Yangiliklar
Hurmatli yo‘lovchilar! Anomal ob-havo sharoiti tufayli Angren-Pop dovoni transport vositalari harakati uchun yopilgan. Yo‘lovchilarni uzluksiz tashishni ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va FVV tomonidan Toshkent va Andijon shaharlari o‘rtasida qo‘shimcha temir yo‘l qatnovi tashkil etildi.
732-sonli “Toshkent – Andijon – Toshkent” poyezdi Ko‘l, Temiryo‘lobod, Qo‘n va Qo‘shminor bekatlarida rejadan tashqari to‘xtaydi.
Shuningdek, Ohangaron, Angren, Ko‘l, Orzu, Chodak, Temiryo‘lobod, Qo‘n, Qo‘shminor, Pop bekatlarida to‘xtab, so‘ngra Qo‘qonga yo‘l oladigan qo‘shimcha “Toshkent – Andijon – Toshkent” yo‘nalishi joriy etilmoqda.
Shuningdek, muntazam jadval bo‘yicha harakatlanuvchi barcha poyezdlar ham yo‘lovchilarni chiqishi va tushirishi maqsadida yuqoridagi bekatlarda to‘xtaydi.