Kema quruvchi korxonalar va loyiha tashkilotlari diqqatiga
2024-09-09 10:00:00 / Yangiliklar
Transport vazirligining Kemalarning texnik loyiha hujjatlarini ko‘rib chiqish va texnik xulosa olish bo‘yicha davlat xizmatlari endilikda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi.
Kema quruvchi korxonalar va loyiha tashkilotlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga ariza qoldirib 15 kun muddatda texnik loyiha hujjatlari bo‘yicha xulosa olishlari mumkin.
Endi quruvchi korxonalar va loyiha tashkilotlari texnik loyiha hujjatlarini ortiqcha ovoragarchiliklarsiz mazkur portalga elektron shaklda yuklab, belgilangan muddatda xulosalarni olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.