Transport vaziri Germaniya elchisi Manfred Xuterer bilan uchrashdi
2024-09-06 11:00:00 / Yangiliklar
Unda ikki davlat o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik aloqalari natijasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar va kelgusidagi istiqbolli rejalar muhokama qilindi.
Xususan, I.Maxkamov Germaniyaning transport sohasidagi kompaniyalari Rhenus, Deutsche Bahn, DB Engineering & Consulting, DB Schenker va boshqalar bilan keng ko‘lamli hamkorlik rivojlanib borayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, transport vaziri Lufthansa aviakompaniyasining O‘zbekistonga aviareyslarini tezda tiklashga umid bildirdi.
Uchrashuv davomida tomonlar transport va logistika sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bilan bog‘liq qator masalalarni yuzasidan fikr almashdi.
Ilhom Maxkamov yangi tayinlangan elchiga yuqori va mas’uliyatli lavozimda muvaffaqiyat tilab, birgalikda transport va logistika sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.