Manfaatlar to'qnashuvini boshqarish siyosati
Manfaatlar to'qnashuvini boshqarish bo'yicha NIZOM
Mazkur Nizom O'zbekiston Respublikasi Tog'-kon sanoati va geologiya vazirligi manfaatlar to'qnashuvini aniqlash, uning oldini olish va tartibga solish tartibini belgilaydi.
Manfaatlar to'qnashuvini boshqarish bo'yicha Nizom Vazirlikda yuzaga kelgan va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan manfaatlar to'qnashuvini oldini olish va boshqarish masalalaridagi asosiy ichki hujjat hisoblanadi va barcha xodimlar tomonidan so'zsiz rioya qilinishi shart.
Ushbu Nizom qoidalari egallab turgan lavozimi va bajarayotgan xizmat vakolatlaridan qat'iy nazar Vazirlikning barcha xodimlariga tegishli.
Yuklab olish: PDF.