“Moliyaviy savodxonlikni oshirish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi
2024-11-01 17:50:00 / Yangiliklar
Seminarda “Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish”, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyul sanasidagi PF-100-sonli “Byudjet mablagʻlaridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”ga Farmoni mazmun-mohiyati, “Raqobat qonunchiligi va uning buzilish ehtimollari hamda unga kiritilayotgan oʻzgarishlar”, “Xoʻjalik jamiyatlarida buxgalteriya hisobini yuritish”, “Davlat xaridlarini amalga oshirish”, “Davlat xaridlari jarayonida manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiya xavf-xatarlarini aniqlash, oldini olish”, “Soliqlar va soliqqa tortish tartibi, debitorlik va kreditorlik qarzlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”, “Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standarti” mavzularida ma’ruzalar va taqdimotlar qilindi.
Hisob palatasi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va istyemolchilarni huquqini himoya qilish qoʻmitasi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlari malakasini oshirish markazi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mutaxassislari, ekspertlari ishtirokidagi seminarlarda ishtirokchilar oʻzaro tajriba almashdilar va malakalarini oshirdilar.