Andijon, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari fosh etildi
2025-02-21 16:00:00 / Yangiliklar

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tadbirda “M-S.B.” MCHJ masʼul shaxslari MCHJ binosida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, 300,5 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi Departamentning Narpay tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Q.F. “Guliston” MFY hududidagi noturarjoy binosida tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan elektr tarmogʻiga ulanib, 125 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Departamentning Sirdaryo tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro R.M. “Kamolot” MFY hududidagi xonadonida isitish pechlarini tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan gaz tarmogʻiga ulab, 119 mln soʻmlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.