Toshkent IESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasini ochiq taqsimlash qurilmalari orqali iste’molchilarga uzluksiz yetib borishi uchun profilaktik ishlar kuchaytirilmoqda
2025-02-17 19:00:00 / Yangiliklar

Kuni kecha “O‘zenergosozlash” MChJ mutaxassislari bilan hamkorlikda 110/220/500 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmalarida teplovizor orqali nazorat tekshiruvlari o‘tkazildi.
Jarayon davomida tok o‘tkazgichlaridagi qarshiliklar o‘lchab chiqildi, shliflarda uzilish, o‘tkazgichlarning ulanish joylarida qizish holatlari o‘rganildi. Teplovizor orqali aniqlangan nosozliklar o‘z vaqtida bartaraf etildi.
Shuningdek, elegazli uzib-ulagichlar, ularning ustunlari izolyatorlarida ham kerakli tadbirlar amalga oshirildi.